Ruben Amorim «MYU» futbolchilariga muhim xabarni yetkazdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim klub futbolchilariga yangi mavsumda ham jamoa bilan ishlashda davom etishini aytdi, deb xabar bermoqda The Athletic nashri.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Karringtondagi mashg‘ulot bazasida futbolchilar bilan uchrashuv chog‘ida hujumchi Alexandro Garnachoga yangi jamoa izlashni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasi so‘nggi turi oldidan «Manchester Yunayted» 39 ochko to‘plab, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa shuningdek, Yevropa ligasi finalida «Tottenxem»ga 0:1 hisobida yutqazib, kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘ldan boy berdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter