Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldinyoni ortda qoldirdi. Oldinda Pele va Pernambukano

«Inter Mayami» hujum chizig‘i yetakchisi Lionel Messi jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urdi.

37 yoshli hujumchi MLSning «Filadelfiya Yunion»ga (3:3) qarshi o‘yinida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Inter Miami News Hub xabariga ko‘ra, endi Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar soni bo‘yicha tarixdagi uchinchi o‘rinni egallab turibdi – 67. Argentinalik ushbu reytingda Ronaldinyoni (66) ortda qoldirdi. Undan yuqorida faqat Pele (70) va Junino Pernambukano (77) joylashgan.

Lionel Messi 2023 yilning yozidan beri «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda. Hujumchi AQSHga ketishidan oldin «Pari Sen-Jermen» va «Barselona» sharafini himoya qilgan. Iyun oyida sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi 38 yoshga to‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter