Nevillga taqiq qo‘yildi

«Nottingem Forest» Sky Sports eksperti Gari Nevillni klubni tanqid qilgani uchun APLning 38-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi o‘yinda «Siti Graund» stadioniga kirishini taqiqladi.

«O‘rmonchilar» Nevillni akkreditasiyadan o‘tkazishni rad etishdi va o‘z qarorini «noxolis munosabat» va ekspertning jamoaga nisbatan bir necha bor ommaviy tanqidi bilan izohlashdi.

«Ishtirok etishdan bosh tortishdan boshqa ilojim yo‘q edi. 14 yillik faoliyatim davomida bunaqasi bo‘lmagan. Buyuk klub shu darajaga yetganidan hafsalam pir bo‘ldi,» – deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Avvalroq Nevill «Nottingem Forest» xo‘jayini Evangelos Marinakisni «Lester»ga (2:2) qarshi o‘yindan keyin maydonga tushib, murabbiy bilan tortishib qolgani uchun keskin tanqid qilgandi. Sky Sports ekspertni qo‘llab-quvvatladi, biroq keskin so‘zlar uchun klubdan uzr so‘radi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter