Nurmagomedov: «Rahmat, Luka!»
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqda yangi post chop etdi.
Mag‘lubiyatsiz jangchi va mashhur «Real Madrid» muxlisi ushbu postni Madriddan ketishini e’lon qilgan «Los Blankos» yarim himoyachisi Luka Modrichga bag‘ishladi.
Xabib «Real Madrid» sahifasini belgilab, «Rahmat, Luka» so‘zlari bilan post joylashtirdi.
Avvalroq xorvatiyalik futbolchi 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng «Real»ni tark etishi e’lon qilingan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/