«Barsa» hujumchisining APLga o‘tish jarayoni murakkablashmoqda
«Aston Villa» hujumchi Ferran Torres uchun «Barselona»ga 50 mln yevrolik taklif tayyorlamayapti, bu haqda avvalroq ingliz OAVlari yozgan edi. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Birmingem klubi 25 yoshli futbolchiga chindan ham qiziqish bildirmoqda, ammo uning uchun 50 mln yevro to‘lashga tayyor emas. Torresning «Aston Villa»ga o‘tishi hujumchining o‘zi «ko‘k-anorranglilar» safini tark etishni istamasligi bilan murakkablashmoqda.
Torres joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va yettita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/