“Real”ning yana bir afsonasi klubni tark etadigan bo‘ldi

Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi, hozirda “Los-Blankos” yoshlar jamoasiga murabbiylik qilayotgan Raul Gonsales jamoani tark etishga qaror qildi.

Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.

Raul yoshlardan tashqari Madrid yoshlar jamoasida ham ishlagan.

Manbaga ko‘ra, u asosiy jamoani o‘ziga ishonib topshirishmaganidan norozi bo‘lgan.

Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgan Karlo Anchelotti o‘rniga «Real»ga klubning yana bir sobiq futbolchisi Xabi Alonso keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter