«Nottingem» «Monako» futbolchisini sotib olishga urinmoqda

Angliyaning “Nottingem Forest” klubi rahbariyati “Monako” vingeri Magnes Akliushni sotib olmoqchi.

“O‘rmonchilar” uzoq vaqtdan beri yevrokuboklardagi ilk ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va transferlar ustida faol ish olib borishmoqda.

«Monako» bosh direktori Tiago Skuro futbolchi haqida shunday fikr bildirdi.

«Ketish yoki qolish – ikkala variant ham unga yaxshi bo‘lishi mumkin. Men u bilan gaplashdim. U o‘z qarorini oqilona qabul qilishi kerak. Agar u ketsa, faqat o‘zining o‘yin uslubiga mos keladigan klubga ketadi», dedi Skuro.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Tottenxem» va «Liverpul» allaqachon futbolchini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter