Grimaldo Yamalni dunyodagi eng yaxshi deb hisoblaydimi?

«Bayer»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo «Barselona» vingeri Lamin Yamalning o‘yini haqida fikr bildirdi.

29 yoshli futbolchi vunderkind bilan Ispaniya terma jamoasidagi birgalikdagi o‘yinlari orqali tanish.

«Yamal dunyodagi eng yaxshimi? Bu mavsum haqida gapiradigan bo‘lsak, ehtimol. U o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatdi va «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar uchligiga kirishi aniq. Lamin aql bovar qilmaydigan darajani ko‘rsatmoqda. U muhim o‘yinlarda juda yaxshi o‘ynardi, doim hisobni ochardi. Men uni o‘ziga xos o‘yinchi deb bilaman. Uning o‘ziga xosligini birinchi birga o‘tkazgan mashg‘ulotdayoq tushundim,» – dedi Grimaldo COPE nashriga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter