«Vest Xem» futbolchisining hafsalasi pir bo‘ldi
Angliyaning “Vest Xem” klubi darvozaboni Lukash Fabyanski jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi.
U 18 may kuni «Nottingem»ga qarshi so‘nggi o‘yinida maydonga tushishi kutilgandi, ammo bu amalga oshmadi.
Murabbiy Grem Potter polshalik futbolchiga bir daqiqa ham o‘yin vaqtini bermadi.
«Bugun sodir bo‘lgan voqeadan hafsalam pir bo‘ldi. Ular meni maydonga tushirib, bir zum bo‘lsa ham muxlislar bilan xayrlashish imkoniyatini berishlariga umid qilgandim», – dedi darvozabon.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/