Keyn: «Shirerning rekordi? Menga farqi yo‘q»
Angliyalik hujumchi Xarri Keyn Alan Shirerning gol urish rekordini yangilash uchun APLga qaytmoqchi emas.
«Bu haqda o‘ylamayman. Men bu yerda juda yaxshiman, hech qayoqqa ketishni istamayman. Farzandlarim bu shaharni yaxshi ko‘radilar, xotinimga ham hamma narsa yoqadi. Ketish uchun hech qanday sabab yo‘q», – dedi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik hujumchi «Bavariya»da 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/