«Aston Villa» Martines o‘rniga «Liverpul» darvozabonini sotib olmoqchi

«Aston Villa» «Liverpul» darvozaboni Kaoimin Kellexerga qiziqish bildirmoqda.

The Sun xabariga ko‘ra, birmingemliklar 26 yoshli irlandiyalik golkiperni Emiliano Martines o‘rniga sotib olmoqchi. Unga «Nyukasl», «Chelsi» va «Bornmut» ham qiziqish bildirmoqda.

Kellexerning «qizillar» bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt uni 22 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter