«Liverpul» yangi o‘ng qanot himoyachisi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasini belgilamoqda

Jeremi Frimpong «Liverpul»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Inglizlar «Bayer» bilan 24 yoshli himoyachining transferi bo‘yicha kelishuvga erishib, Leverkuzen klubini 35 mln yevrolik tovon puli faollashtirilgani haqida xabardor qildi.

Futbolchi mersisaydliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi, deya xabar bermoqda Fabrisio Romano. Ayni paytda tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi aniqlanmoqda.

Frimpong Bundesliga-2024/25 mavsumida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter