«Bavariya»ning 100 million yevrolik taklifi darhol rad etiladi
«Bavariya» «Bayer»ga Florian Virts transferi bo‘yicha taklif bilan chiqmoqchi.
Biroq, Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, agar myunxenliklar 100 mln yevro taklif qilishsa, «Bayer» bunday taklifni darhol rad etadi.
Leverkuzen klubi futbolchiga qiziqish bildirgan barcha klublardan 150 mln yevro talab qilmoqchi.
«Bayer» keyingi haftada Virsdan uning ketish-ketmasligi borasida yakuniy qarorni olmoqchi.
Shu paytgacha «Bayer»ga rasmiy yozma taklif kelib tushmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/