Ndoy: «Muxlislar uchun g‘alaba qozondik»
«Bolonya» Italiya kubogi finalida «Milan»dan ustun keldi va o‘z tarixida uchinchi marta kubokni qo‘lga kiritdi. Yagona golga shveysariyalik hujumchi Dan Ndoy mualliflik qildi, u o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida gol urdi.
«Bu yerda, «Olimpiko»da shuncha muxlislarimizni ko‘rish aql bovar qilmaydi! Biz g‘alaba qozondik – o‘zimiz uchun, jamoa uchun, muxlislar uchun. Biz hammasini to‘g‘ri qildik – avval gol urdik, keyin yaxshi himoyalandik,» – deya Ndoyening so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/