Kastro: «Ajoyib mavsum»
«Bolonya» Italiya kubogi finalida «Milan»dan ustun keldi va o‘z tarixida uchinchi marta kubokni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv haqida «Bolonya» futbolchisi Santyago Kastro o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«O‘yinning qaysidir pallasida o‘zimni yomon his qildim, ammo o‘zimni tiklay oldim. Ajoyib o‘yin o‘tkazdik, umuman, ajoyib mavsum. Oilamdan, rafiqamdan minnatdorman. Bizga kamdan-kam odam ishondi, lekin biz uddaladik. Vinchenso Italyano – top-mutaxassis,» – deya Kastroning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/