Evra: «Agar Fergyuson hozir murabbiy bo‘lganida, ehtimol u qamoqqa tushishi mumkin edi»
Patris Evraning fikricha, Aleks Fergyusonning usullari bugun boshqacha qabul qilinadi.
«Agar Fergyuson hozir murabbiy bo‘lganida, ehtimol u qamoqqa tushishi mumkin edi. Fergyuson nima qilgan bo‘lsa, buning yakuni qamoqdan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas.
Bilasizmi, men qancha o‘yinchilarning butsasini uloqtirib yig‘laganini ko‘rganman? U haqiqiy shayton edi.
Runi bir marta penaltini amalga oshira olmagan Uelbekka to‘pni uzatdi. Biz mag‘lub bo‘ldik, ammo bu o‘rtoqlik o‘yini edi.
Biz kiyinish xonasiga qaytganimizda, Fergyuson: «Uelbek!» – dedi. Uelbek va men hojatxonada edik, lekin Fergyuson tinmay qichqirardi: «Sen o‘zingizni kim deb o‘ylaysan? Birinchi jamoaga kelasan, penalti tepasan».
«Shef, bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yini», dedim. Va u: «O‘rtoqlik o‘yiningga tupurdim!, degandi ser» – dedi «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi SDS podkastida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/