«Santa-Klara» futbolchisi Gabriel Silva soatiga 40,3 km tezlikka erishib, dunyodagi eng tezkor futbolchiga aylandi
«Santa Klara» o‘yinchisi jahon tezligi rekordini yangiladi.
Shanba kuni Portugaliya chempionati doirasida «Santa Klara» o‘z uyida «Famalikan»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda mezbonlar hujumchisi Gabriel Silva sprint paytida 40,3 km/soat tezlikka erishdi.
Raqamlar STATSports GPS ma’lumotlari yordamida qayd etilgan.
Klub bayonotiga ko‘ra, futbolchi «Nyukasl» markaziy himoyachisi Sven Botmanni 39,21 km/soat tezlikda ortda qoldirib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/