Bundesligani tark etgan yana bir jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

«Xolshtayn» Bundesligadan ikkinchi divizionga tushib ketdi.

Jamoa 33-turda «Frayburg»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tur tugashiga biroz vaqt qolganida «Xolshtayn» 25 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. Jamoa Bundesligada qolish imkoniyatini yo‘qotdi. O‘tish o‘yinlarida o‘ynash huquqini beruvchi 16-pog‘onadan ortda qolish 4 ochkoni tashkil etadi.

Shu tariqa, mavsum yakunlariga ko‘ra, «Xolshtayn» xuddi biroz avvalroq «Boxum» kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi Bundesligaga ravona bo‘ldi.

16-o‘rinni «Sankt-Pauli»dan 2 ochko ortda qolayotgan «Xaydenxaym» egallab turibdi. Ulardan qaysi biri pley-offda o‘ynashi so‘nggi turda hal bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter