«Arsenal» «Liverpul» uchun chempionlik yo‘lagi tashkil qiladi

«Arsenal» «Liverpul» uchun chempionlik yo‘lagini tashkil qiladi.

Bu haqda «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta ma’lum qildi.

«Ular bunga loyiq. Ular eng yaxshi jamoa edi. Ularning murabbiylar shtabi qilgan ish… Ular bunga to‘la haqli, bu sport.

Kimdir yaxshiroq bo‘lsa, buni hurmat qilish kerak,» – dedi Arteta o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.

Mersisaydliklar yakshanba kuni APL 36-turida londonliklarni qabul qiladi.

Arne Slot jamoasi muddatidan oldin Angliya chempioniga aylandi, «Arsenal» Premyer-liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter