«Barselona» tarbiyalanuvchisi «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin
Ispaniyaning “Selta” jamoasi himoyachisi Oskar Mingesa Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Tribal Football nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchining xizmatiga “Aston Villa” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning transferi uchun belgilangan tovon puli miqdori 20 million yevroni tashkil etadi.
Qayd etish joiz, Mingesaning huquqlarining 50 foizi “Barselona” klubiga tegishli. U aynan shu jamoa akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
25 yoshli o‘ng qanot himoyachisi 2022 yil yozida “Selta” safida faoliyat boshlagan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil iyunida o‘z nihoyasiga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/