Mxitaryan: «Biz oxirigacha ishondik»

Milanning “Inter” klubining armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Chempionlar ligasi yarim finalida “Barselona” ustidan qozonilgan g‘alabadan fikr bildirdi.

«Biz bu o‘yinda hamma narsani berdik. Biz oxirigacha ishondik. Bu aql bovar qilmaydigan tuyg‘u!», deydi Mxitaryan.

Mxitaryanning o‘zi 79 daqiqani maydonda o‘tkazdi va uning o‘rniga Davide Frattezi maydonga tushdi va u qo‘shimcha daqiqalarda g‘alaba golini kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter