«Real» tarbiyalanuvchisi «Atletiko» bilan kelishib oldi
«Jirona»ning chap qanot himoyachisi Migel Gutyerres tez orada Madridning «Atletiko» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
23 yoshli futbolchi allaqachon «matraschilar»ga rozilik bergan, deya xabar bermoqda jurnalist Serxio Valentin. Madridning «Real» klubi o‘z tarbiyalanuvchisini sotib olishda ustunlik huquqidan foydalanishi mumkin edi, ammo bu imkoniyatdan voz kechdi.
Migel Gutyerres 2022 yilning yozida «Real»dan 4 mln yevro evaziga «Jirona»ga o‘tgandi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi transfer narxi 25 mln yevroni tashkil qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/