Indzagi Kundening jarohati haqida fikr bildirdi
«Barselona»ning o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kunde Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Fransiyalik futbolchi jamoalarning birinchi o‘yinida jarohat olib, 42-daqiqada zaxiraga olindi. «Ko‘k-anorranglilar» yaqin bir necha hafta ichida asosiy futbolchisiz qolishiga to‘g‘ri keladi.
«Kunde – ajoyib futbolchi. Eshitishimcha, u ketma-ket 102 yoki 104ta o‘yinda maydonga tushgan va bu uning jarohati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ammo «Barsa»da bu pozisiyada o‘ynay oladigan boshqa yaxshi futbolchilar ham bor,» – deya Indzagining so‘zlarini keltiradi «Inter» matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/