«Milan»ning sobiq ustozi A Seriya klubiga kerak emas
“Roma” klubi Klaudio Ranyeri o‘rniga yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda.
Rimliklarning amaldagi bosh murabbiyi mavsum oxirida ketadi – u murabbiylik faoliyatini yakunlamoqda.
Jurnalist Janluka di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab mish-mishlarga qaramay, «Roma» Stefano Piolini nomzod sifatida ko‘rmayapti.
«Bo‘rilar» rahbariyati «Komo»dan Sesk Fabregas va «Ayaks»dan Franchesko Farioli hamda yana bir qancha murabbiylarga qiziqish bildirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/