Massimiliano Farris: «Finalga chiqish uchun barcha harakatni amalga oshiramiz»
«Inter» yordamchi murabbiyi Massimiliano Farris YECHL doirasidagi «Barselona»ga qarshi javob o‘yini haqida fikrlarini bildirdi.
Ilk o‘yinda 3:3 hisobi qayd etilgan.
«Barselonada o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik, raqibning ayrim zaif tomonlaridan foydalanishga intildik. Ularning kuch-qudratini yaxshi bilamiz, lekin yarim finalga chiqish ham katta faxr. Finalga yetib borish uchun qo‘limizdan kelgan barcha harakatni amalga oshiramiz», – dedi Farris.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/