Liga 1’ga qaytgan «Parij» qancha miqdorda transfer byudjeti ajratishi ma’lum bo‘ldi

«Parij» Liga 1da 70-100 million yevro byudjet oladi.

Fransiya poytaxti jamoasi avvalroq elita divizioniga chiqishni kafolatlagan edi.

L’Equipe nashrining xabar berishicha, jamoaning kelasi mavsumdagi byudjeti 70-100 million yevroni tashkil etadi.

Liga 2’da jamoaning operasion xarajatlari uchun 30 million yevro sarflangandi. Liga 1da bu summa kamida ikki barobarga oshishi kutilmoqda.

Mavsum o‘rtalarida klubni milliarder Bernar Arno va «Red Bull» oilasi sotib olgandi.

Qayd etilishicha, «Parij» yana Liga 1da o‘ynagan 6-8 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter