«Liverpul» «Chelsi» hujumchisini sotib olishi mumkin

«Chelsi» hujumchisi Kristof Nkunku yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli fransiyalik forvardga Angliyaning boshqa bir klubi «Liverpul» qiziqmoqda. Shartnoma yozgi transfer oynasida yakunlanishi mumkin.

Nkunkuning bozor qiymati 45 million yevroga baholanmoqda. U 2029 yil iyun oyi oxirigacha “pensionerlar” bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlari bilan bog‘langan.

Nkunku Premyer-liganing joriy mavsumida 27 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter