«Liverpul» futbolchisi Saudiya klublari va «Atletiko» qiziqish bildirmoqda

Saudiya Arabistoni va Ispaniyaning «Atletiko Madrid» klublari «Liverpul» hujumchisi Darvin Nunyesga qiziqish bildirmoqda.

Nunyes Premyer-liganing joriy mavsumida 8 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi va 26 o‘yinda 1000 daqiqadan sal ko‘proq o‘ynadi.

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slotning ishonchini qozona olmagan Nunyes endi «mersisaydliklar» klubini tark etishi kutilmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning fikricha, Nunyesda hozirda ikkita asosiy variant bor: Saudiya Arabistoni va «Atletiko Madrid».

Masalan, «Atletiko» urugvaylik 25 yoshli futbolchini 45 million funt sterlingga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishga tayyor.

Saudiyaliklar yanvar oyida «Liverpul»ga Nunyes uchun 65 million funt taklif qilishgan, ammo «qizillar» Darvinni mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishga tayyor emas edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter