Yamal: «Finalga chiqish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»

«Barselona» vingeri Lamin Yamal Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan «Inter»ga (3:3) qarshi dastlabki o‘yinni sarhisob qildi.

«Biz g‘alabaga umid qilgandik, ammo endi javob o‘yini haqida o‘ylashimiz kerak. Men doim bor kuchimni beraman. Men ko‘proq narsani xohlardim, yutishni istardim. Men natijadan xafa bo‘ldim.

Finalga chiqish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. O‘ylashimcha, bugun biz «Inter»dan yaxshiroq edik, ammo bu hech narsani anglatmaydi,» – deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter