Rasman. Usik — Dyubua revansh jangi tasdiqlandi
Superog‘ir vazn toifasida WBC, WBO, WBA va IBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) hamda IBF kamari sohibi Daniel Dyubua (22-2, 21 KO) bilan to‘qnash keladi.
Jang 19 iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida superog‘ir vazn toifasidagi mutlaq chempionlik uchun jang bo‘lib o‘tadi.
Usik va Dyubua o‘rtasidagi birinchi jang 2023 yilning 26 avgust kuni Vroslavda bo‘lib o‘tgan va unda ukrainalik bokschining texnik nokautli bilan g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/