«Inter» «Barsa»ga qarshi o‘yindan oldin juda yomon holatda
Milanning «Inter» klubi chorshanba oqshomida Chempionlar ligasi yarim final ilk o‘yinida «Barselona» mehmoni bo‘ladi.
«Neradzurrilar» ushbu o‘yindan oldingi 4 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Shuningdek, ular so‘ngi 3 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 5 ta gol olib chiqdi va birorta gol urolmadi.
«Barselona» esa italyan klubiga qarshi o‘yinga Ispaniya kubogidagi g‘alaba bilan yetib kelmoqda – «Real» 3:2 hisobida taslim etildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/