Asadullayev rossiyalik bokschiga 20-jangida ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi

Kecha Rossiya Federasiyasining Ufa shahridagi «Wrestling Palace» majmuasida IBA PRO 3 professional boks oqshomi tashkil etildi.

Turnir doirasida charm qo‘lqop ustamiz Havasbek Asadullayev rossiyalik tajribali bokschi, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Alan Xugayevga qarshi bahs olib bordi. Yarimo‘rta vazn toifasidagi ushbu jang to‘liq davom etdi va unda Havasbek ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Bu 25 yoshli Asadullayev uchun professional boksdagi to‘rtinchi jangda qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. 26 yashar Alan Xugayev esa bugun 20-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter