Qarshi shahrida o‘quvchi-sportchilar jismoniy tayyorgarligi o‘rganilmoqda
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari tomonidan respublikamizdagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ilmiy-uslubiy ishlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi manzil – Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tahsil olayotgan o‘quvchi-sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi va funksional ko‘rsatkichlari chuqur o‘rganildi.
Tadqiqotlar davomida sportchilarning jismoniy holati, mashg‘ulotlar samaradorligi hamda individual rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilinmoqda.
Shu bilan birga, markazda faoliyat yuritayotgan trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/