«Bavariya» va «Yuventus» angliyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shildi
«Kristal Pelas» klubi yarim himoyachisi Adam Uorton xorijiy Yevropa chempionatlari grandlari radariga tushib qoldi.
Avvalroq, futbolchiga «Manchester Yunayted» da’vogar ekani aytilgandi. TEAMtalk ma’lumotiga ishonadigan bo‘lsak, 21 yoshli ingliz uchun Myunxenning «Bavariya» va Turinning «Yuventus» klublari ham kurashga tayyor. Xavbekning transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 35 mln yevroga baholanmoqda.
Adam Uorton joriy mavsum «Kristal Pelas» safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Istiqbolli futbolchining «burgutlar» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/