O‘tgan mavsumni yondirgan «Jirona»da bu mavsum ishlar joyida emas
Ispaniya chempionatining 32-tur o‘yinida «Jirona» «Betis»ga imkoniyatni boy berdi (1:3).
Jamoa ketma-ket 4-o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Bungacha «Osasuna» (1:2), «Alaves» (0:1) va «Barselona»dan (1:4) mag‘lubiyatlar bo‘lgandi.
Shu bilan birga, g‘alabasiz seriya endi 10 ta o‘yinni tashkil etadi. Jamoa oxirgi marta 3 fevral kuni «Las-Palmas» ustidan g‘alaba qozongan (2:1).
«Jirona» La Ligada 16-o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/