Gvardiola: «Biz 14-o‘rinda bo‘lishimiz mumkin edi»
«Manchester Siti» APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi va mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola buni ijobiy ko‘rmoqda.
«Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish yomon emas. Agar oxirgi to‘rt-besh oy ichida kamroq yaxshi ishlar qilganimizda, juda past bo‘lishimiz mumkin edi. 11, 12, 13 yoki 14-o‘rinlarda bo‘lishimiz mumkin edi», – dedi Gvardiola jurnalistlarga.
19 aprel, shanba kuni “Manchester Siti” safarda “Everton”ga qarshi Angliya chempionati o‘yinini o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/