Indzagi: «Imkon qadar uzoq vaqt davomida to‘pni nazorat qilishga harakat qilishimiz kerak»

«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi «Bavariya»ga qarshi Chempionlar ligasi javob uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz imkon qadar uzoq vaqt davomida to‘pni nazorat qilishga harakat qilishimiz kerak. «Bavariya» juda yaxshi pressing qilayotganini hisobga olsak, bu oson bo‘lmaydi.

Biz natija haqida emas, o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak», – deya Indzagining so‘zlarini keltiradi jurnalist Janluka Di Marsio.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter