Fergyuson Mersisayd klubi bilan muzokara olib bormoqda
«Everton» yana bir bor irlandiyalik hujumchi Evan Fergyusonni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Ayni paytda 20 yoshli futbolchi «Vest Xem» safida ijara asosida to‘p tepmoqda. Futbolchi huquqi «Brayton»ga tegishli. Faoliyatining boshida Fergyuson APLning eng yaxshi yosh o‘yinchilaridan biri hisoblangandi.
«Everton» qishki transfer oynasidayoq Fergyuson nomzodini ko‘rib chiqqandi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «Brayton» futbolchi uchun taxminan 50 million yevro olmoqchi bo‘lgan.
Bu mavsumda Evan Fergyuson barcha musobaqalarda 21ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/