Bir klub Vinisiusni «Real»dan sotib olishni juda istamoqda
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior hamon Saudiya Arabistoni chempionati klublari qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda insayder Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchi Madridda qolishni istashiga qaramay, Saudiya klublaridan biri hujumchiga qiziqishni to‘xtatmayapti. Gap «Al-Ahli» haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vinisiusning «qirollik klubi» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yulduz hujumchi «Real» safida 44 ta bahsda ishtirok etib, 19 ta gol va 11 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/