Jerar Martin o‘z o‘yinidan mamnunligini aytdi

«Barselona» himoyachisi Jerar Martin ushbu mavsumdagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mavsumdan mamnunman. Men yomon boshladim, lekin asta-sekin o‘z ishimni yaxshilayapman. Avvaliga bosim yuqori edi, bu menga qiyinchilik tug‘dirdi. Hozir men yaxshi moslashdim va yaxshi formadaman», deydi Martin.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. 31-turdan keyin “Barselona” 70 ochko bilan Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter