Xokkey terma jamoamiz Jahon chempionatida debyut qilish uchun Armanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.

Termamiz 13–19 aprel kunlari Armaniston poytaxti Yerevan shahrida tashkil etiladigan IV divizion bellashuvlarida mezbon Armaniston, Kuvayt, Indoneziya, Malayziya va Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Xokkeychilarimiz kecha tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Yerevan shahri tomon yo‘lga otlandi. O‘zbekiston muz ustida xokkey federasiyasi matbuot xizmati tarqatgan suratga ko‘ra, termamiz musobaqada «Adidas» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan ekipirovkalardan foydalanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter