Kovach Yamalga baho berdi

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach «Barselona» vingeri Lamin Yamal haqidagi savolga javob qaytardi.

Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv Chempionlar Ligasi 1/4 final bosqichi doirasida chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. «Asalarilar»ning safardagi jangi oldidan jurnalistlar Kovachdan «ko‘k-anorranglilar»ning 17 yoshli yulduzi haqida gapirib berishni so‘rashdi.

«Yamal haqida boshqa murabbiylar va ekspertlar hali aytmagan nimalarni ayta olaman? «Barselona»da ulg‘aygan va faoliyatini ajoyib boshlagan ajoyib yosh futbolchi. Biz uni zararsizlantirishga harakat qilamiz,» – dedi dortmundliklar ustozi matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter