«Liverpul» Londonda «Fulxem»ga yengildi

«Liverpul» APL 31-turida safarda «Fulxem«ga imkoniyatni boy berdi – 2:3.

Rayan Sessenon (23), Aleks Ivobi (32) va Rodrigo Munis (37) tomonidan kiritilgan gollar londonliklarga g‘alaba keltirdi.

Mersisaydliklardan Aleksis Makallister (14) va Luis Dias (72) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

«Liverpul» (73) APLning ushbu mavsumida ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Fulxem» (48) esa sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter