Mamardashvili Vinisiusni garovda yutdi
Shanba kuni Ispaniya La Ligasida «Real Madrid» va «Valensiya» o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Madridliklar o‘z maydonida kutilmaganda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. O‘yin boshida Vinisius Junior penaltini aniq amalga oshira olmadi.
«Valensiya» darvozaboni Georgiy Mamardashvili Vinisius bilan 50 yevroga garov o‘ynagani va unda yutganini aytdi.
«Penaltidan oldin men undan 50 yevroga garov o‘ynashni xohlaysanmi, deb so‘ragan edim. U: «Ha» deb javob berdi.
Shunday qilib, men g‘alaba qozondim», – deya Mamardashvilining so‘zlarini keltiradi ElDesmarque.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/