Anchelotti eng yomon mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda

«Real Madrid» joriy mavsumdagi 10-mag‘lubiyatini qabul qildi.

Karlo Anchelotti shogirdlari La Liganing 30-turida o‘z maydonida “Valensiya”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).

10 ta mag‘lubiyatdan 5 tasi La Ligada sodir bo‘lgan. Madridliklar Chempionlar ligasida to‘rt marta yutqazishdi, Ispaniya Superkubogida yana bir mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi.

Anchelotti qo‘l ostida «Real Madrid» 2022/23 yilgi mavsumda 12 marta yutqazgan. 2014/15 yilgi mavsumda ham 10 marta mag‘lub bo‘lishgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter