Anchelotti Endrikning ertangi o‘yindagi ishtiroki haqida berilgan savolga javob berdi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Real Sosyedad«ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinida Endrik maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
«Endrikda ertaga o‘ynash imkoniyati bo‘lishi mumkin, chunki u Qirol kubogida yaxshi o‘ynayapti», – dedi italiyalik mutaxassis o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, «Real» – «Real Sosyedad» bellashuvi 1 dan 2 aprelga o‘tar kechasi 00:30’da start oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/