«Barselona» futbolchisi yubiley o‘yinini o‘tkazdi
«Barselona» kecha Ispaniya chempionati 29-turida «Jirona»ni mag‘lub etdi – 4:1.
O‘yinda kataloniyaliklar safida markaziy himoyachi Erik Garsiya tayanch yarim himoyachi vazifasida o‘ynadi va to‘liq 90 daqiqa harakatlandi.
Bu bahs 24 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun «ko‘k-anorranglilar» safidagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi. U buncha o‘yinda 4 ta gol urib, 3 ta assist berishga ulgurgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/