Krauch: «Gvardiola yangi shartnoma imzolaganidan afsusda bo‘lishi mumkin»
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub bilan yangi shartnoma imzolaganidan afsusda bo‘lishi mumkinligini aytdi.
«Menimcha, u yangi shartnoma imzolaganidan afsusda bo‘lishi mumkin. U klubdan ketishni istamaydi, u sulola yaratgan, shunday emasmi?
U aql bovar qilmaydigan narsani yaratdi. Uning sog‘lig‘i haqida chin dildan qayg‘uraman, chunki menimcha, uni juda ko‘p ishlari kutmoqda», – dedi Krauch.
Pep Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/