«Yuventus» yangi himoyachi transferini hal qilgani yo‘q
Turinning «Yuventus» klubi haligacha «Feyenoord» bilan markaziy himoyachisining transferi borasida kelishuvga erisha olmadi.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 27 yoshli David Gansko bir necha oydan beri «byankoneri»ning transfer maqsadlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Biroq, «Feyenoord» yanvart oyida ularning taklifini rad etdi, shuning uchun ular hozircha kelishuvdan yiroq.
Qayd etilishicha, “Yuventus” bilan bir qatorda Yevropaning bir qancha top-klublari ham yozgi transferlar oynasi oldidan Ganskoni tomosha qilishmoqda.
Joriy mavsumda David Gansko “Feyenoord” safida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/