«Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
«Lill»ning hujumkor yarim himoyachisi Anxel Gomes «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, «qizil iblislar» rahbariyati «Lill» bilan shartnomasining so‘nggi yilida bo‘lgan o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Gomes fransuz jamoasi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmasligi va erkin agent sifatida ketishi kutilmoqda.
Gomes 2020 yildan beri «Lill» sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali mutaxassislari xavbekning narxini 20 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/